Ufada bo‘lib o‘tayotgan IX Umumrossiya GMP-konferensiyasi davom etmoqda

24.08.2024 1262

Ufada bo‘lib o‘tayotgan IX Umumrossiya GMP-konferensiyasi davom etmoqda

Vakillarimiz tadbirning ikkinchi kunida xalqaro GMP standartlaridagi so‘nggi o‘zgarishlar, sohani tartibga solish tizimini rivojlantirish vektorlari, interaktiv ta’lim intensiv farmatsevtika korxonalarida ichki GMP auditining dolzarb jihatlari, "GMP amaliyotlarda: foyda va risklar. Xalqaro tajriba" mavzularidagi ma’ruza va taqdimotlar bilan tanishdi.

Bu yilgi konferensiya 12 ta tematik sessiya va uchta master-klassni o‘z ichiga olib, “GMP – uzluksiz rivojlanish” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda.

Muloqot davomida ekspertlar turli darajadagi xalqaro hamkorlik masalalari va GMP inspeksiyalari o‘rtasida o‘zaro ishonch va e’tirofni oshirish, tartibga soluvchi to‘siqlarni kamaytirish va mamlakatlar o‘rtasida manfaatli munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha umumiy yondashuv va talablarni ishlab chiqish nuqtayi nazaridan global hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.